Нвучно=практичечкой конференции, посвященной 225-летию со дня рождения А. С. Пушкина "Алтуальные проблемы преподования филологических дисциплин в современном оброзовательном пространстве, инновации и перспективы", Navoiy, Özbekistan, 12 Kasım 2024, cilt.1, ss.240-250, (Tam Metin Bildiri)
Maqolada buyuk rus shoir va mutafakkirlari bo’lgan Aleksandr Sergeyevich Puşkin (1799-
1837) va Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy (1821-1881) ijodlaridagi inson va uning
mavjudligining xayotning muhim lahzalaridagi o’rni, davrining ko‘plab ijtimoiy, siyosiy,
iqtisodiy, falsafiy va diniy tomondan yoritilishi tahlil qilinadi. Xususan, davrning eng
ommabop mavzularidan bo‘lgan xudoning borligi, inson va ularning ekzistensial qadriyatlari
kabi masalalarni ko‘rib chiqishda yovuzlik, ozodlik, o‘lmaslik, ekzistensializm kabi asosiy
masalalar atroflicha muhokama qilinadi. Pushkin falsafasini ham shakl, ham mazmunan
she’riyat, tarix va falsafaning sintezi, insonning o‘zini o‘zi bilishining bu uch asosiy organi
va eng buyuk ma’naviyati sifatida ko‘rish mumkin. Dostoyevskiy esa- taniqli dialektik va eng
buyuk rus metafiziki bo’lgan. Dostoevskiy ijodida fikr dialektikasi katta va markaziy o’rin
tutadi. Fikr dialektikasi Dostoevskiy san’atining alohida janridir. U o’z san’ati orqali g’oyalar
hayotining asosiy tamoyillariga, san’atiga esa g’oyalar hayoti kirib boradi. Dostoyevskiyning
fikricha, fikrlar hayotning uzviy qismidir, ular inson borlig‘ida o‘zining takrorlanmaydigan
hayotiy taqdiriga ega; Ushbu maqolada Puşkin va Dostoyevskiyning inson va uning olamdagi
mavjudligining g’yası haqidagi qarashlari falsafiy tahlillar uzra tizimli ravishda muhokama
qilinadi.